Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kelajakda Quyoshning Yerga tushadigan nurlari kamayishi mumkin

Yaqin kelajakda Quyoshning Yerga tushadigan nurlari kamayishi mumkin, deb xabar bermoqda Ura.news nashri.

Bunga esa koinotda chiqindilar ko‘payishi sabab bo‘ladi, deb ta’kidlamoqda Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari.

Koinotda turli kosmik apparatlar bir-biri bilan to‘qnashishi oqibatida chiqindilar qatlamini hosil qiladi. Garchi bu metall chiqindilar o‘ta mayda bo‘lsa-da, ammo to‘planib-to‘planib, alaloqibat qalingina qatlam hosil qiladi. Hozircha bu qatlam o‘ta yupqa, lekin bu kelajakda katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Hozirda kosmik chiqindilar vazni 7,2 ming tonnani tashkil etmoqda.