Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kelin qaynonasining salkam 30 million so‘mlik taqinchoqlarini o‘g‘irladi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida bir kelinning kirdikorlari oshkor etildi.

Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, 27 sentyabr kuni noma’lum shaxs Kogon shahar Maxtumquli mahallasida yashovchi nafaqadagi fuqaro S.M.ga tegishli jami 29 700 000 so‘mlik 11 turdagi tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu manzilda yashovchi, fuqaro S.M.ning kelini A.S. sodir qilganligi aniqlangan. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda to‘liq hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.