Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kim qiladi-ya, shuginani-ya?!

Telegramdagi @zarafshonbot manzilimizga kelgan murojaatda aytilishicha, Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasida joylashgan “Bahor” restorani oldida piyodalar yo‘lagi ostidan o‘tgan quvurning teshilishi oqibatida ichimlik suvi oqib, isrof bo‘lmoqda.

Qariyb bir yildan buyon davom etib kelayotgan ushbu isrofgarchilikka na mahalla oqsoqollari e’tibor beradi, na “Suvoqava” tashkiloti kelib muammoni bartaraf etadi.