Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kimlar temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqiga ega?

Temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:

- Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;

- yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

- Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga.

3-guruh urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar temir yo‘llarda chiptaning 50 foiz chegirmalari bilan yiliga bir marta yurish huquqiga ega.