Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kompyuterda ishlaydiganlar uchun 5 ta mashq

1.Shoshilmay ko‘zingizni yuqoriga va pastga harakatlantiring. Keyin o‘ng va chap tarafga qarating. Har birini 6 martadan bajaring.

2.Ko‘zingizni yumib, chuqur nafas oling. Qo‘l kaftini bir-biriga ishqalab, isiting. So‘ng kaftini ko‘z qovoqlari ustiga qo‘yib, o‘ngacha sanang.

3.Soat aylanasi bo‘yicha ko‘zingizni «ishga tushiring». Mashq 4 marta bajarilsa kifoya.
4.Bosh barmoqni oldinga cho‘zing. Sekin-astalik bilan barmoqni ko‘zingizga yaqinlashtirib, shu maromda uzoqlashtiring.

5. Ko‘zingizni qattiq yumingda, 5 soniya ushlab turing. So‘ng ko‘zni ochib, 1-2 daqiqa tanaffus qiling. Mashqni 5 marta takrorlaysiz.