Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Konfutsiy instituti olimlari samarqandlik talabalar bilan munozaraga kirishdi

Samarqand davlat universitetida SamDChTI qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Li Chenxu, o‘qituvchilari - Bi Fengyun, Li Ley, Jou Siaosiao, Huay Yufeyning talabalar bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Ularga A.To‘xtamishev, J.Ro‘zimurodov, E.Musurmonov hamrohlik qildi.

Tadbir davomida Konfutsiy instituti o‘qituvchilari tomonidan talabalarning xitoy tilini o‘rganganlik darajasini baholovchi HSK imtihonlari haqida tushunchalar berildi. Universitetning xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalari uchun online dars, “Xitoycha tez aytish” mavzusida nutqiy musobaqa tashkil etildi.

- Ayni paytda Xitoyda Yangi yil - ko‘klam bayrami nishonlanyapti, - deydi Buyuk Ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi ilmiy-tadqiqot markazi direktori E.Musurmonov. – Xitoylik o‘qituvchilarning bu xususdagi ma’lumotlari talabalarni ko‘hna Chin mamlakati haqidagi qiziqishini orttirdi. Shuning uchun ular xitoy ta’limi, tili, madaniyatiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan xitoylik mutaxassislarni qizg‘in suhbat va munozaraga chorladi.

Tadbir yakunida Konfutsiy instituti o‘qituvchilari faol talabalarni taqdirlashni unutmadi: ularga esdalik sovg‘alar taqdim etdi.