Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Konsullik O‘zbekistondan yo‘lga chiqqan yuk mashinalari Qozog‘istonda toshbo‘ron qilingan holatni nazoratga oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarining 7 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Atirau shahri hududida noma’lum shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati vaziyatni nazoratga olish va ro‘y bergan holatga oydinlik kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsuli bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Ayni damda ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulligi nazoratiga olindi. Ro‘y bergan hodisa yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.

"7 sentyabr kuni ro‘y bergan hodisaga batafsil oydinlik kiritish maqsadida jabrlangan haydovchilarni O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulining + 7777 599 00 50 telefon raqamiga murojat qilib ariza qoldirishlarini so‘raymiz", deyilgan Transport vazirligi xabarida.