Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun kadastr pasporti 3 ish kunida tayyorlanadi

Mamlakatimizda boshqa sohalar qatori Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi faoliyati ham sezilarli isloh qilindi.

Qayd etish mumkinki, kadastr, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va yerlarni hususiylashtirish bo‘yicha o‘tgan 2 yil islohotlar davri bo‘ldi. Kadastr pasportini tayyorlab berish muddatlari sezilarli qisqartirildi, jumladan, kadastr yig‘ma jildini tayyorlashga ketadigan vaqt sarfi, ob’yektning murakkabligiga qarab sezilarli darajada qisqargan. Bugungi kunda mazkur soha xizmatidan foydalanayotgan aholi fikrini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdik.

- Xizmatlarimizdan foydalanayotgan fuqarolarning fikrini tinglab, o‘z xulosalarimizni qilamiz, - deydi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mutaxassisi Azamat Nishonov. – Odamlar bir paytlar kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun oylab vaqt sarflagani, u eshikdan bu eshikka yugurgani haqida gapirib, bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar inson qadri uchun xizmat qilishini ta’kidlamoqda. Darhaqiqat, odamlar bugun uyida o‘tirib ham hujjatlar rasmiylashtiryapti. Asosiysi, bu ishlar tez va oson hal etilyapti. Birgina misol, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun kadastr pasporti 3 ish kunigacha tayyorlab beriladi. Kadastr yig‘ma jildini tayyorlashga ketadigan vaqt ob’yektning murakkabligiga qarab, ko‘pi bilan 25 ish kunidir.

To‘lqin Siddiqov,
Baxtiyor Mustanov.

***

Ushbu videolavha va maqola xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.