Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koreya Respublikasining yangi saylangan prezidenti Yun Sok Yel rasman o‘z lavozimiga kirishdi

10 mayda o‘tkazilgan inauguratsiyadan so‘ng Yun Sok Yel o‘z navbatida xorijiy delegatsiyalar, jumladan, xitoyliklar bilan uchrashdi.

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan edi. Saylovchilarning 77,1 foizi ishtirok etgan saylovda Yun Sok Yel 48,56 foiz, Li Chje Men esa 47,83 foiz ovoz to‘plagan.

Sobiq Bosh prokuror Yun Sok Yel yaqinda siyosatga qadam qo‘ydi. U 2020 yil oxirida, hukumatning prokuraturani isloh qilishiga ochiqchasiga qarshi chiqqan va ommaviy axborot vositalarida tez-tez tilga olingan paytdan jamoatchilik orasida mashhur bo‘la boshlagan edi.