Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koreyada shartnomani buzgan yurtdoshlarimiz deportatsiya qilindi

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda Ye-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun viloyatlarda tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tganlar ishlash uchun jo‘nab ketayotgani xabar qilingan edi.

Shartnoma shartlarini buzgan fuqaroga katta miqdordagi jarima qo‘llanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar ko‘rilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.

Shunga qaramay mehnat shartnomasi shartlarini buzgan va ish joyidan noqonuniy chiqib ketgan 3 nafar fuqaro Koreya Respublikasining immigratsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.