Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus: 20 fevral holati bo‘yicha dunyodagi vaziyat

Xitoy sog‘liqni saqlash Milliy komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat ichida bugungi kunga qadar 74576 ta kasalga chalinganlar qayd etilgan. SCMP (South China Moring Post) nashrining hisobotiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni barcha mamlakatlar bo‘ylab 75725 kishini tashkil etmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bergan ma’lumotda keltirilishicha, 19 fevral holatiga kasallanganlar soni 75204 kishini tashkil etgan (74280 tasi Xitoyda). XXR hududidan tashqarida 924 kishida kasallik aniqlangan. Hammasi bo‘lib koronavirus oqibatida 2126 kishi vafot etgan.

Rossiya Federatsiyasi 20 fevral sanasidan boshlab XXR fuqarolari uchun barcha chegaralarni yopdi (xizmat, gumanitar va tranzit vizalari berilgan Xitoy fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish taqiqi tatbiq etilmaydi). XXR TIV bu holatning vaqtincha ko‘rilayotgan chora-tadbir ekanligini ta’kidladi.

Kechagi sutkada Xitoy hududida 23 yanvardan buyon ushbu xastalikka chalinganlar soni bo‘yicha eng minimal ko‘rsatkich qayd etildi - 394 ta yangi kasallanganlar aniqlandi.