Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus: Bugungacha dunyodagi vaziyat

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat ichida bugungi kunga qadar 80928 nafar (17 mart holatiga – 80881) kasalga chalingan qayd etilgan. JSST bergan so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘ylab 200 mingdan oshib ketgan (17 mart holatiga – 179 mingdan oshiq).

JSST bergan ma’lumotga qaraganda, 18 mart kechki holatga ko‘ra, keyingi kecha-kunduzda dunyo bo‘ylab 15123 nafar yangi kasallanganlar aniqlangan. 8845 nafar inson virus oqibatida vafot etgan (17 mart holatiga – 7721).

Rossiya Federatsiyasida kasallanganlar soni 147 nafarga yetdi. Mamlakat hududida so‘nggi sutkada 33 nafar yangi kasallanganlar aniqlandi. Ulardan 31 nafari Moskva shahrida, bir dona Novosibirsk viloyatida va yana bir nafar Tomsk viloyatida.

AQSh kongressmeni, respublikachi Mario Dias-Balartda koronavirus aniqlandi.

Braziliya Senati Spikeri Davi Alkolumbreda ham COVID-19 virusi borligi tasdiqlandi.

Joriy yilning may oyida Niderlandiyaning Rotterdam shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan “Yevrovideniye” tanlovi bekor qilinganligi to‘g‘risida tanlov tashkilotchilari xabar berdi.

Germaniya kansleri Angela Merkel nemis xalqiga yo‘llagan murojatida yangi turdagi virusni Ikkinchi jahon urushi davridan beri sodir bo‘lgan eng katta xavf deb atadi.