Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus: bugungacha dunyodagi vaziyat

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bergan ma’lumotga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni, bugungi kunga kelib dunyo bo‘ylab 292 (22 mart holatiga – 267 mingdan oshiq) mingdan oshib ketdi.

South China Moring Post nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, qayd etilgan kasallanganlar soni bo‘yicha, Xitoy yetakchilik qilmoqda,  u yerda 81093 nafar kasallangan qayd etilgan (22 mart holatiga - 81054), ikkinchi o‘rinda – Italiya 59138 nafar kasallangan (22 mart holatiga – 53578), uchinchi o‘rinni Ispaniyadan o‘zib ketgan AQSh band etdi - 32057 nafar kasallangan (22 mart holatiga – 26 mingdan ortiq) va to‘rtinchi o‘rinda Ispaniya – 28 572 nafar kasallangan (22 mart holatiga – 24926). Koronavirus oqibatida eng ko‘p vafot etganlar soni Italiya (5476 bemor), Xitoy (3270 bemor) va Ispaniya (1756 bemor) davlatlarida qayd etilgan. 

Koronavirus oqibatida vafot etganlar soni, jami 12794 (22 mart holatiga – 11201 nafar) nafarga yetdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida 367 nafar kasallanganlar qayd etilgan. Eng ko‘p kasallanganlar dam olish kunlari Moskvada qayd etilgan – 54 nafar yangi kasallangan.

Dunyo bo‘ylab 35 dan ortiq laboratoriyalarda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘tgan haftada ulardan bir nechtasi klinik tajribalar (insonda sinab ko‘rish) boshlashini ma’lum qildi.