Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

 Koronavirus Uxandagi laboratoriyadan tarqalgan bo‘lishi mumkin

Xitoyning Uxan shahrida “COVID-19”ning kelib chiqishini o‘rganayotgan jahon ekspertlar guruhi virus laboratoriyadan sirqib chiqqani ehtimolini istisno qilmayapti, deya xabar berdi Mirror.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) nomidan ishlayotgan mutaxassislar bir yil oldin koronavirus epidemiyasining epitsentri bo‘lgan Xitoy shahridagi viruslarni o‘rganish yirik laboratoriyasiga tashrifini yakunladi. Olimlar guruhi qariyb to‘rt soat davomida yaxshi qo‘riqlanadigan Uxan virusologiya institutida dunyoda shu kungacha 2,2 milliondan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan kasallikni birinchi odam qanday yuqtirganini aniqlashga harakat qildi.

Britaniyalik olim, doktor Piter Dashakning aytishicha, tadqiqotchilar "ilgari hech kim ko‘rmagan va bilmagan" ma’lumotlarni olishga muyassar bo‘lmoqda. U, shuningdek, hamma narsa "haqiqatan ham qotgan nuqtadan harakatga keldi" deya baholadi. 2019 yil oxirida Uxan laboratoriyasi kasallik tarqalishi virusning ichki sirqib chiqishi natijasida vujudga kelganligi haqidagi da’volarni rad etganiga qaramay, doktor Dashak mamlakatga kelganidan buyon birinchi intervyusidayoq bu nazariya mustasno emasligini aytdi.

«Agar gipotezaga ishora qiluvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, biz ma’lumotlarni kuzatamiz, ular bizni boshlaydigan dalillarni tekshiramiz. Agar ular bizni dengiz mahsulotlari va sovutkichli zanjir (ishlab chiqaruvchidan emlangan kishiga immunobiologik preparatlarni saqlash va tashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan tizim)ga olib boradigan bo‘lsa, biz ergashamiz. Agar ular bizni yovvoyi hayvonlar fermasiga yoki qush bozoriga olib borsa, biz u yerga boramiz. Agar ular bizni laboratoriyaga olib boradigan bo‘lsa, biz boramiz. Hammasi ko‘rib chiqiladi va biz xolis bo‘lamiz», - dedi olim.

Xitoyni yuqumli kasallik tarqalishini yashirganlikda, vaziyatdan vahima ko‘tarishga uringan shifokorlarni jim bo‘lishga majbur qilish va sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risida dunyoni kech xabardor qilganlikda ayblashmoqda. Shuningdek, XXR virusning kelib chiqishi bo‘yicha tashqi tekshiruvga to‘sqinlik qilganlikda ayblandi. Pekin, o‘z navbatida, koronavirusning Xitoydan kelib chiqishi haqidagi tushunchani shubha ostiga qo‘yishga urindi va import qilingan muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlariga ishora qildi.

Uxan laboratoriyasi qurilishi ommaviy axborot vositalarida «atipik pnevmoniya» deb ataluvchi og‘ir o‘tkir respirator sindromi (SARS) avj olgach 2003 yilda boshlangan edi.

G.Xoldorova tayyorladi.