Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusga chalingan bolani uy sharoitida qanday davolash kerak?

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Abdumannon Abduqayumov tavsiyalari.

Koronavirus bolalarda odatda yengil kechadi: asosan tana haroratining ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i, burun oqishi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Bunda, tana harorati bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda 38,0, bir yoshdan oshgan o‘g‘il-qizlarda esa 38,5 darajadan oshmaguncha, hech qanday dori vositalari berish tavsiya etilmaydi.

Ayniqsa, antibiotiklar virusli infeksiyalarda umuman natija bermaydi.

️Tana harorati yuqoridagi o‘lchovlardan oshganda, ibuprofen yoki paratsetamol ichirish tavsiya etiladi.
Kichik yoshli bolalarga isitma tushiruvchi svechalarni ham qo‘llasa bo‘ladi.

Uy sharoitida koronavirusga chalingan bolalarni davolash:

- 3 kungacha har soatda oz-ozdan suyuqlik ichiriladi;

- darmondorilarga boy taom va mahsulotlar beriladi;

- o‘z vaqtida va me’yorida uxlash choralari ko‘riladi;

- vitaminlar iste’mol qilinadi.