Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha mish-mish va haqiqatlar

❗️Agar menda “COVID-19” bo‘lgan bo‘lsa, vaksina olishim keragi yo‘q.

👉 “COVID-19” bilan kasallangan kishilar emlanishi mumkin. Chunki koronavirusga chalinganlarda virusni qayta yuqtirib olish ehtimoli katta.
Odamlar kasal bo‘lganidan keyin (tabiiy immunitet) hosil bo‘lishi va “COVID-19”dan qancha muddatga himoyalanganligi haqida hozircha ma’lumot yetarli emas. Dastlabki dalillar shuni ko‘rsatadiki, “COVID-19”dan keyingi tabiiy immunitet uzoq davom etmasligi mumkin. Tadqiqotlarda ilgari virusga chalingan odamlarda emlash nojo‘ya ta’sirsiz kechgan. Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra, emlash tabiiy infeksiyaga qaraganda koronavirusdan yaxshiroq himoya qiladi.

❗️Turli og‘ir kasalliklari bor aholi, masalan, onkologik bemorlar emlash olishlari mumkin emas.

👉 Klinik tadqiqotlar asosida shuni aytish mumkinki, “COVID-19”ga qarshi vaksinalar xavfsiz va aholi, shu jumladan onkologik bemorlar o‘rtasida, koronavirusga qarshi jiddiy himoyani ta’minlaydi. Bu esa muhim ahamiyatga ega, chunki onkologik bemorlar “COVID-19”ning og‘ir asoratlaridan eng ko‘p aziyat chekadigan qatlamdir.
Olimlar onkologik bemorlarni, ular qabul qilayotgan davo kurslaridan qat’i nazar, emlanishini tavsiya qiladilar.

♻️ Ushbu ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari uchun YuNISEF, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda aytildi.