Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusning o‘ta yuqumli yangi shtammi aniqlandi: JSST favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi, Yevropa davlatlari Afrikaga parvozlar to‘xtatishi mumkin

Kecha kasallikning yangi shtammi birinchi marta Botsvana va Janubiy Afrikada aniqlangani aytilgandi. Yevropa davlatlari birin ketin Afrikaga parvozlarni to‘xtata boshladi. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqining barcha a’zo davlatlari uchun ushbu davlatlar bilan havo qatnovini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. 

Ammo afsuski, virus allaqachon qora qit’adan tashqariga chiqqani aytilmoqda. Jumladan, Gonkongda Janubiy Afrikadan uchib kelgan sayyoh kasallangani ma’lum bo‘lgan.

"Olimlarimiz bu variantdan juda xavotirda. Shu sababli biz shunday choralar ko‘rishga majburmiz. Aytmoqchimanki, biz bu shtamm to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega emasmiz, hech kim ega emas", deydi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Jovid.

Yana bir qator olimlarning fikricha esa, bu virus oldingi shtammlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p mutatsiyali, o‘ta yuqumli, ammo hozir amalda qo‘llanilayotgan vaksinalarga chidamsiz.

Jozef Paaxla, Janubiy Afrika sog‘liqni saqlash vaziri:

"Dam olish kunlari olimlar bu variantni yaxshiroq o‘rganadi, bizga ko‘proq ma’lumot berishadi va biz yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ammo so‘nggi 20 oylik tajribaga asoslanib, voqealar qanday rivojlanishini taxmin qilish mumkin. Masalan, Gautengda «delta» qanday rivojlanganini hisobga olsak, odamlar keyingi bir necha hafta ichida yanada ko‘proq harakat qila boshlasa, biz amin bo‘lishimiz mumkinki, hammasi tugaydi".

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari bugun, 26 noyabr kuni favqulodda yig‘ilishda yangi variant qanchalik xavfli bo‘lishi muhokama qilinadi.