Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kunjut yog‘ini badanga surtish koronavirus yuqmasligi kafolatimi?

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Unda yangi koronavirus kasalligi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Koronavirus alomatlari, xavf guruhiga kimlar kirishi haqida so‘z boradi. Koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bormi, yuqtirib olish xavfini qanday kamaytirish mumkin, degan savollarga qisqa va aniq javob berilgan.

Maktab va bolalar bog‘chasi ma’muriyati hamda xorijiy davlatlarga safarga yo‘l olganlar uchun alohida eslatmalar keltirilgan. Shuningdek, virus haqida xalqimiz orasida aytilayotgan turli uydirmalarga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, Xitoydan xat yoki jo‘natmalar olish xavfsiz ekani, kunjut yog‘ini badanga surtish koronavirusning organizmga kirishini to‘xtatishda yordam bermasligi aytilgan.

Tavsiyalarga ko‘ra, har bir inson sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, doimo qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvishi, yo‘talganda va aksa urganda bir marotabalik salfetkalardan foydalanishi, faqat qaynatilgan yoki qadoqlangan suv iste’mol qilishi lozim. Agar tana haroratingiz ko‘tarilib, yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qilishingiz so‘raladi.