Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kutilmaganda “trevoga” berildi

Joriy yilning 11-12 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtabi qo‘shinlarni jangovar va kundalik faoliyatini boshqarish markazi rahbariyati tomonidan birinchi marta Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi qo‘qqisdan tekshirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tezkor navbatchi tomonidan berilgan “yig‘in” signaliga muvofiq, shaxsiy tarkib qurol-aslaha va ekipirovkasini olib, qisqa fursatda jangovar shay holatga o‘tdi. Jangovar texnikalar parkidan harbiy texnikalar kolonnasi “Sazag‘on” dala-o‘quv maydoniga yo‘l oldi.

Bo‘linmalar bilan tezkor aloqani ta’minlash maqsadida mobil qo‘mondonlik punktlari qulay pozitsiyalarni egallab, belgilangan muddatda yoyildi. Shartli dushman va vaziyat haqida dastlabki ma’lumotlar yuqori rahbariyatga ma’lum qilindi.

Dala-o‘quv maydonida texnikalar niqoblandi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar tashabbusi bilan barpo etigan ko‘p funksiyali mobil ustaxona hamda zenit quroliga o‘rnatilgan zirhli qalqon qo‘shinlar hayotiga tatbiq etildi.