Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Kuyla, dilkash dutorim”mi yoki “rubobim”mi?

Bugun ertalab, soat 6:10 da “Navo” telekanalida “Ikki tomon” ko‘rsatuvida yosh xonanda Dilshod Yunusov xalq o‘rtasida ommalashgan, har satri va kuyi yod bo‘lib ketgan “Kuyla, dilkash dutorim” ashulasini ijro etdi.

Ammo cholg‘ular orasida dutor yo‘q edi. Xonandaga doira, sintezator va rubob jo‘r bo‘ldi. “Yangi kaver” ko‘rsatuvi orqali yosh ijodkorlarni ko‘hna, mumtoz, xalq dilidan joy olgan ashulalarni istagancha o‘zgartirishga “o‘rgatayotgan” bir paytimizda dutor haqida dutorsiz ijro qilish - bu mashhur asar nufuziga putur yetkazmaydimi?

Sulaymon MARDIYEV.