Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"LG" mobil telefonlar bozoridan chiqib ketmoqda

"Renxap" axborot agentligi kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berishicha, Janubiy Koreyaning "LG Electronics Inc." kompaniyasi uyali telefonlarni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatadi.

"LG" shu yilning 31 iyulida mobil telefonlar bozorini tark etadi. Kompaniya bu qarorni uzoq vaqt davom etgan moliyaviy yo‘qotishlar va yirik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatning kuchayishi oqibatidan so‘ng qabul qilgan.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, telefonlar ishlab chiqarishni to‘xtatilishi qisqa muddatda daromadlarning pasayishiga olib keladi, ammo kelajakda bu moliyaviy ahvol va boshqaruv samaradorligini yaxshilaydi.

Manbada qayd etilishicha, mobil biznes 2015 yildan beri "LG"ga foyda bermay qo‘ygan.