Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Lokdaun Xitoyda koronavirus ko‘payishini to‘xtatishga yordam bermadi

Xitoyda 17 mart kuni 2388 ta yangi o‘tkir koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi, deb xabar qildi Xitoy Xalq Respublikasi sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi.

Bundan tashqari, mamlakatda 1226 holatda kasallikning alomatlarsiz kechishi aniqlangan. Xitoyda kasallikning og‘ir va yengil holatlari alohida qayd etiladi.

Rasmiylar tomonidan ko‘rilayotgan qat’iy choralar, jumladan lokdaunga qaramay, infeksiyaning tarqalishi davom etmoqda.

Pandemiya boshlangandan beri Xitoyda jami 126 324 ta COVID-19 infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, 4 636 nafar kishi kasallik qurboni bo‘lgan.