Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalla bugun xalqqa qanchalik yaqin?

Samarqand shahridagi G‘iyosiddin Jamshid mahallasida “Mahallani aholiga eng yaqin va halqchil tuzilmaga aylantirish yo‘lida” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisi o‘rinbosari B.Nasriyev jurnalistlarga mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning may oyida o‘tkazilgan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida viloyatning 1095 ta mahallasiga rais saylandi. Ularning 622 nafari birinchi marta shunday mas’uliyatli lavozimga saylanib, ularning 74 nafarini xotin-qizlar, 9 nafarini mahalliy kengashlar deputatlari tashkil etadi.

Joriy yil Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatdagi mahallalar binosining 57 ta ta’mirlandi, 30 tasi rekonstruksiya qilindi, 81 mahalla namunaviy loyiha asosidagi yangi binoga ega bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi H.Normurodov, viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov viloyatda o‘tkazilayotgan to‘y-hashamlarni tartibga solishda mahallaning, keng jamoatchilikning o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

Husan ELTOYeV.