Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalla raisi ma’lumotnomaga imzo chekmayapti, shu to‘g‘rimi?

Zuhriddin Malikov, Angren shahar davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi:

"Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-son bilan tasdiqlangan nizomning 2-bob 5-bandiga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish maqsadida tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga murojaat etuvchi pasport nusxasi va oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalarini taqdim qilishi shart.

Shunga ko‘ra, murojaatchi o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan hududdagi mahalla fuqarolar yig‘iniga tegishli ma’lumotnomani olish bo‘yicha murojaat qilishga haqli.

Agar MFY raisi asossiz ravishda murojaat etuvchining oila a’zolari haqida, yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim qilishdan bosh tortsa, bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki tuman, shahar Adliya bo‘limlariga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz".