Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalla xodimlari kuni muborak bo‘lsin!

2020 yil 2 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, har yili 22 mart mamlakatimizda “Mahalla xodimlari kuni” sifatida keng nishonlash belgilangan.

Bu kasb – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki bizning mahoratimiz, malakamiz, mas’uliyatimiz insonlarning, oilalarning taqdirida muhim o‘rin egallaydi.

Bugungi kunda Yurtboshimiz tomonidan jamiyatimizning barcha sohalari qatorida, mahallalarga, ularning har tomonlama rivojlanishiga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Mahalla xodimlarining bilim va ko‘nikmalari hamda mahoratlarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Biz barcha sohalardan ham mahallalarga va bu sohada ishlayotganlarga alohida e’tibor ko‘rsatamiz. Chunki bosh maqsadimiz – xalq dardini tinglashdan iborat”, deb ta’kidlagani gapimiz isbotidir.

Bu, bir tomondan, bizga bildirilgan katta ishonch, ikkinchi tomondan, Yurtboshimizning bunday ishonchi bizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ana shunday ulkan vazifalarni sharaf bilan bajarishga kamarbasta bo‘lgan siz azizlarni, o‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan kasb egalarini – Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi jamoasi nomidan “Mahalla xodimlari kuni” bilan chin yurakdan samimiy qutlayman va Vatan, oila, xalq xizmati yo‘lidagi samarali ishlaringiz hamisha bardavom bo‘lishini tilayman!

Barchangizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishingizga tilakdoshman! 

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

A.Umarov,

Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i.