Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahallalarda hokim yordamchilarining ishida natija ko‘rinmagani bois Kattaqo‘rg‘on shahari hokimining 1-o‘rinbosari ishdan olingani aytildi

Prezident tizimdagi oqsoqliklarni qat’iy tanqid qildi.

“Hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija ko‘ringani yo‘q.

Misol uchun, 450 ta mahallada ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori.

Bunday mahallalar soni Toshkent viloyatida – 59 ta, Farg‘onada – 52 ta, Andijonda – 45 tani tashkil etib, qolgan hududlardan ko‘p”, dedi Prezident.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq boshlig‘i qat’iy ogohlantirildi. Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-o‘rinbosarlari lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Shuningdek:

- Oltinko‘l tumani, Zarafshon shahri hokimlari;

- Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Kosonsoy, Nishon, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Shovot, To‘rtko‘l, Tomdi, To‘raqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Farg‘ona tumanlari, Navoiy, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hokimlarining 1-o‘rinbosarlari;

- Karmana, Forish tumanlari prokurorlari;

- Yangiyer, Shahrisabz shaharlari, Forish tumani IIB boshliqlari;

- Nurota, Muzrabot, Shahrisabz, Mirzacho‘l tumanlari soliq boshliqlari;

- respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod etildi.