Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalliy Kengashlar deputatlariga ham katta mas’uliyat yuklandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining pralamentga yo‘llagan Murojaatnomasi nafaqat senatorlar, Qonunchilik palatasi deputatlari, balki mahalliy Kengashlar deputatlari oldiga muhim vazifalar qo‘ydi.

Murojaatnomada aholi farovonligini oshirish, xalqimizni boy qilish, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizni rivojlantirish kabi ezgu maqsadlar mujassam.

Davlatimiz rahbari “Demokratik islohotlar yo‘li - biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir”, deya ta’kidladi. Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlar, ochiqlik va oshkoralik, matbuot erkinligi, jamoatchilik fikrini o‘rganish - ijtimoiy fikrni shakllantirishda va mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Murojaatnomada ta’kidlanganidek, joriy yildan boshlab ijro va vakillik organlarining davlat boshqaruvidagi roli va mas’uliyatini yanada oshirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Bu mamlakatimizda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalq uchun xizmat qilish kerak” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari joriy yildan boshlab, hokimlar oxirgi 3 yilda vakolatlaridan qanchalik samarali foydalanganligi, vazirlik va idoralarning hududiy tuzulmalari faoliyati samaradorligini nazorat qilish bo‘yicha yangi tizim yaratilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, viloyat va tuman hokimlari o‘z dasturlari va ularning ijrosi to‘g‘risida viloyat kengashlariga hisobot beradigan tizim joriy etiladi.

Bu ijro va vakillik organlari faoliyatida shaffoflik ta’minlanishi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat qaror topishiga xizmat qilish bilan bir qatorda, mahalliy Kengashlarga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki bugungi detutatlar nafaqat hisobotni eshitib, qo‘l ko‘tarib tasdiqlashi, balki uni tahlil qila bilishi, jamiyatdagi siyosiy jarayonlardan boxabar bo‘lishi va bevosita islohotlar ishtirokchisiga aylanishi talab etiladi.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan ish samaradorligini oshirish maqsadida mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi institutining joriy etish taklifi ilgari surildi.

Bunday institutning tashkil etilishi orqali mahalliy Kengashlarning vakolatlarini mustahkamlanadi. Va, bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, shuningdek, hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy-xuquqiy hujjatlar ijrosining nazoratini amalga oshirish, jamiyatda uchrayotgan muammolar, aholi murojaatlarini tez va sifatli bartaraf etish mexanizmi yaratiladi.

Shuningdek, mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan Oliy Majlis Senati va Adliya vazirligiga hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda boshqa bir-birini takrorlaydigan boshqa tashkilot funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi topshiriladigan bo‘ldi.

Bu esa hokimlik va vakillik idoralarida ish samaradorligini oshirish, ijro intizomini ta’minlashda muhim omil bo‘libgina qolmay, faoliyatning sifat darajasini oshirishga ham xizmat qiladi. 

Bir so‘z bilan aytganda, hokimlik va vakolatli idoralarning xalq oldidagi mas’uliyati, burchi teng taqsimlanadi. Natijada, tashkilot mutasaddilarida javobgarlik hissini uyg‘otishga turtki bo‘ladi. 

Sherali YuLDAShEV,

O‘zLiDEP Samarqand viloyati Kengashi raisi.