Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Makaronka" ko‘chasida suv to‘planmasligining chorasi ko‘rilmoqda

Samarqand shahridagi Kurchatova - xalq orasida "Makaronka" nomi bilan ataladigan ko‘chada kechagi surunkali yomg‘irdan keyin suv to‘planish holati kuzatildi.

Bundan keyin bu kabi suv toshib ketmasligi bo‘yicha viloyat va shahar hokimligi, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar boshqarmalari, suv xo‘jaligi hamda obodonlashtirish boshqarmasi bilan birgalikda ayrim noqonuniy uy va qurilmalarni buzdirish, buning natijasida Siyobcha arig‘ining suv o‘tkazish imkoniyatini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Yaqin kunlarda bu muammo to‘liq bartaraf etiladi.