Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktab o‘quvchilarining polda o‘tirgani holati o‘rganib chiqildi

Kecha internet nashrlarida Farg‘onadagi maktabda 1-sinf o‘quvchilari  polda dars o‘tayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farg‘ona shahridagi 24-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning polda o‘tirgani aks etgan suratdagi holat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat va shahar hokimiyati hamda boshqa tashkilot mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi, deya ma’lum qildi XTV matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabdagi barcha sinflarda darslar belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida o‘tilmoqda. O‘quvchilarga joy yetishmasligi muammosi yo‘q. 1-sinflarda ham odatdagi tartibda dars o‘tilmoqda.

Maktab direktori Ixtiyor Mamajonovning ta’kidlashicha, ta’lim muassasasida 2 oktyabr kuni eski partalar yangilariga almashtirilgan. Yangilari qo‘yilguncha ayrim xonalarda partalar bo‘lmagan va internetda tarqalgan surat shu jarayonda olingan. Sinfda partalar 20 daqiqa davomida bo‘lmagan. Hozirda sinfxonalar parta va stullar bilan to‘liq ta’minlangan.

Ma’lumot uchun, 24-umumta’lim maktabi binosi 1973 yilda 1250 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Maktab 2018 yilda Davlat investitsiya dasturi asosida mukammal ta’mirlangan. Barcha o‘quv jihozlar va mebellar bilan to‘liq ta’minlangan. Ayni paytda maktabda 2635 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.