Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i oqdaryolik yosh tarbiyachilar bilan uchrashdi

Oqdaryo tumanidagi 7-bolalar musiqa va san’at maktabida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Rahmonov yosh tarbiyachilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga qamrovini oshirish, ularga sifatli ta’lim berish, bunda tarbiyachilarning malaka va kasb mahoratlarini oshirish bo‘yicha fikrlari so‘z yuritildi.

- Oqdaryo tumanida bugungi kunga kelib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 350 nafar pedagog tarbiyachilar faoliyat yuritadi, - dedi Sh.Rahmonov. – Ularning 57 foizini oliy ma’lumotli kadrlar tashkil etadi. Afsuski, bu kam ko‘rsatgich. Shuning uchun o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar sirtqi, maxsus sirtqi, kechki oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida, qayta tayyorlov kurslarida o‘qishi lozim. Bugungi kunning talablaridan biri ham tarbiyachilarning bilimini oshirish, uni doimo izlanishda bo‘lishini ta’minlashdan iborat.

Uchrashuvda tarbiyachilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, takliflar tinglandi.

Baxtigul ASROROVA.