Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Malinaning shifobaxsh xususiyatlari

100 gr. mevasida 42 kilokaloriya mavjud bo‘lgan bu meva qomatingizga xavf solmasdan, salomatligingizga koni foyda bo‘ladi.

Yangi mevasi, quritilgani, murabbosi va bargi gripp, shamollash kabi xastaliklarni davolashda eng samarali vosita sifatida foydalaniladi. 1-2 choy qoshiq quritilgan malina mevasini 1 stakan qaynagan suvga solib, biror daqiqalardan so‘ng issiq holida iching. Yoki malina murabbosi solingan choy ichib, o‘ranib yotsangiz, shamollash oson chekinadi.

Ushbu rezavor meva gastrit, kamqonlik, gipertoniya, yurak qon-tomir xastlaliklarini davolashda ham qo‘llaniladi. Ichak yallig‘lanishlari, gastrit bezovta qilsa, malina sharbati iching. Malinani ezib, dokadan o‘tkazing. Kuniga 50-100 ml.dan 3 marta ovqatdan oldin qabul qiling.

Bargi va guli ayollarga xos kasalliklarga davo bo‘ladi. 10 gr. quritilgan guli va bargini 200 ml. qaynagan suvda qaynatib, 30 daqiqa tindiring. Keyin suzgichdan o‘tkazib, iching.

Doimiy bosh og‘rig‘idan shikoyat qilsangiz, malina mevasini suvga solib qaynating-da, tayyor bo‘lgan kompotdan kuniga 1-1,5 litr iching.