Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mamlakatimiz hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib keladi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.

10-12 sentyabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

11 sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.

11 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

11-12 sentyabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13° gacha, kunduz kunlari 25-28° gacha pasayadi.