Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilindi
- 01.02.2024 15:58
- 494
- O‘zbekiston
Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2022 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 14,7 foizga (459 ta) oshgan.
Qayd etilishicha jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 3259 nafari tuman (shahar), 267 nafari viloyat va 49 nafari respublika miqyosidagi xizmatchilar. 2022 yilda jinoyat sodir etgan respublika miqyosidagi xodimlar soni 110 nafarni tashkil qilgan.
Mansabdor shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan:
- o‘zganining mulkini o‘zlashtirish – 2205;
- mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish – 397;
- firibgarlik – 272;
- pora olish, berish, pora olishda vositachilik qilish – 195;
- rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish – 36 ta;
- hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish – 25 ta;
- mansabga sovuqqonlik bilan qarash – 25 ta;
- boshqa jinoyatlar – 415 ta.
O‘z faoliyatini suiiste’mol qilish oqibatida davlatga 1 milliard 546 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Shundan 84,7 foizi yoki 1 trillion 31 milliard so‘mi undirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi eng qimmat kitob
- Kecha, 19:40
- O'qing, qiziq!
Ibratli voqea: Noshukurlik
- Kecha, 19:36
- Mutolaa
Antaliyada noyob sarkofag topildi
- Kecha, 12:48
- Xorij
Muallim nega mulzam bo‘ldi?
- Kecha, 12:45
- Ta’lim