Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Marg‘ilondagi yong‘inda 61 yoshli ona tiriklayin yonib ketdi

Bugun, 15 avgust kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Sholdirama MFY Muqimiy ko‘chasidagi 29-uyda yong‘in chiqqan. Bu haqda Yong‘in xavfsizligi xizmatining matbuot xizmati xabar qildi.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 11:34 da yetib borib, soat 11:39 da yong‘in qurshab olingan va soat 12:45 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in xaqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘in maydoni kengayib ketgani ma’lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan. 

Yong‘in oqibatida uyning 200 kv.metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Achinarlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi II guruh nogironi 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.