Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Markaziy bank feyk xabar va firibgarlardan ogohlantirdi

Boshqarma xabariga ko‘ra, hozirgi kunda firibgarlarning internet tarmog‘idan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilish holatlari kuzatilmoqda. Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda.

Bundan tashqari, firibgarlar Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Markaziy bank nomidan ochilgan “MarkaziyBankiuz” soxta kanalida fuqarolarga onlayn kreditlar taklif etib, ularning bank kartalariga oid ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartasidagi pullarini o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda.

“Markaziy bank bu kabi xabar va foydalanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi.

Markaziy bank fuqarolarga quyidagi ma’lumotlarni eslatib o‘tadi:

▪️Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmasligini yodda tuting.

▪️Fuqarolardan ushbu xabarlarga e’tibor qaratmaslik va bank kartalari ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi.

▪️Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida regulyatorning tarmoqlardagi verifikatsiyalangan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.