Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki buyrug‘iga asosan Azimov Otabek Islamovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Azimov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O.Azimov 1978 yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1999 yil Samarqand kooperativ institutini, 2002 yil Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetini tamomlagan.