Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mart oyida diametri 1 kilometrdan kattaroq asteroid Yerga yaqin masofada uchib o‘tadi

Kyeyingi oyda uchib o‘tadigan ushbu kosmik tosh NASA tomonidan «potensial xavfli» deb topilgan bo‘lib, uning harakatlanishi mutaxassislar tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda, deya xabar bermoqda Express.

Ma’lum bo‘lishicha, 21 mart kuni 231937 (2001 FO32) nomli noma’lum kosmik tosh sayyoramizga yaqinlashib keladi. Uning diametri uzunligi kamida 1024 metrni tashkil qiladi.

Xabarga ko‘ra, kosmik tosh quyosh tizimi orqali sekundiga 34,4 kilometr yoki soatiga 123 000 kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tmoqda. Ushbu asteroid yerdan xavfsiz ravishda 5.3 oylik masofada (LD) o‘tadi. Ma’lumot uchun, bir LD 384,317 kilometrni tashkil etadi.

«Biroq «potensial xavfli» atamasi asteroid ayni vaqtda yerga xavf tug‘dirishini anglatmaydi. Aksincha, bu kelajakda Quyosh tizimining chizig‘idan birida asteroid yer bilan to‘qnashishi mumkin, degan fikrni anglatadi», deyiladi xabarda.

NASA xulosasiga ko‘ra, o‘tayotgan 2001 FO32 ogohlantirish sifatida xizmat qilishi kerak, chunki kengligi 1 kilometrga teng bo‘lgan asteroid sayyoramiz bo‘ylab tartibsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.