Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mehnat nizolari bo‘yicha sudga berilgan ariza qancha muddatda ko‘rib chiqilishini bilasizmi?

Mehnat nizolari bo‘yicha sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:

- ishga tiklash nizolari bo‘yicha – xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;

- xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;

- boshqa mehnat nizolari bo‘yicha – xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.

Ushbu muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin, deb yozmoqda huquqiy axborot kanali.

Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.