Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Meksikada kichik shaharcha meri va yana 17 kishi otib ketildi

Meksika janubida Gerrero shtatidagi San-Migel Totolapan kichik shaharchasida qurollangan shaxslar shahar meriyasiga hujum qilib, shahar meri Konrado Mendoce Almeyda va yana 17 kishini o‘ldirdi, deya xabar bermoqda “AP” hukumat rasmiylari bayonotiga tayanib. Jarohatlanganlar bor.

Gerrero shtati prokurori Sandra Luz Valdovinos Milenio telekanaliga bergan intervyusida halok bo‘lganlar ichida mer va uning otasi – shaharning sobiq meri borligini aytdi. Ushbu hujumlarni sodir etganlikda mahalliy "Los Tekilleros" jinoiy guruhi gumon qilinmoqda.

Bu hujum Meksika prezidenti Andres Manuyel Lopes Obradorning qurolli zo‘ravonlikka qarshi kurash siyosatini o‘zgartirib, huquqni muhofaza qilish organlarida fuqarolik politsiyasidan ko‘ra armiyadan ko‘proq foydalanishga qaror qilganidan keyin sodir bo‘ldi, deya qo‘shimcha qiladi agentlik.

Shu kuni Mexiko janubidagi Kuyernavaka shahrida mototsiklda ikki kishi Morelos shtati deputati Gabriyela Marinni otib o‘ldirgan.