Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Men talaba bo‘ldim!

Ha, men talabaman. Buni bugun baralla ayta olaman...

Bu yil ko‘p yillik orzuim - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi bo‘lishdek baxtga sazovor bo‘ldim. Oliy o‘quv yurtiga qadam qo‘yar ekanman, biz, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib, qalbimni faxr tuyg‘usi egalladi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusga hamohang tarzda turli sport va fan to‘garaklari tashkil etilganligi, institutimiz kutubxonasi esa kerakli o‘quv darsliklari bilan boyitilganligi buning isbotidir. O‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun kompyuter va lingafon xonalari tashkil etilgan. O‘rganilayotgan asosiy xorijiy tildan tashqari qo‘shimcha tillardan ham saboq olish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.

Albatta, bunday zamonaviy sharoitda faqat va faqat o‘qiging keladi: Men ustozlarimdan saboq olib, Vatanimga munosib farzand bo‘laman!

Feruza AHMADOVA.