Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MIB direktorining sayyor qabulida 50 ga yaqin muammo bo‘yicha murojaat qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo‘jayev Bulung‘ur tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, ichki ishlar tizimi, sudlar, qishloq xo‘jaligi, soliq, bojxona, kommunal soha va boshqa masalalarga oid 50 ga yaqin murojaatlari tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan muammolarning aksariyatini shu joyning o‘zida hal etish choralari ko‘rildi, ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi.

Jumladan, fuqaro A.Xudoyqulovning fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydoni boshqa shaxsga berib yuborilganligi bo‘yicha murojaati o‘rganilib, yer o‘z egasiga qaytariladigan bo‘ldi. Fuqaro H.Isoqovga nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam berildi.

Umuman, qabul davomida murojaat qilgan fuqarolarning 2 nafariga nogironlik aravachasi, 2 nafariga qo‘ltiqtayoq va yana ikki shaxsga eshitish moslamasi tortiq yilindi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.