Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxs ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

MIB Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.T. (1997 y.t.) qarzdor M.X.dan (1986 y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borganda, u MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan xodimning oyog‘iga urgan va tan jarohati yetkazgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 10 sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.