Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Milliy kinologiya markazida pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 yanvardagi 21-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari, kuch ishlatar tuzilmalari, boshqa vazirlik hamda idoralar, shuningdek, xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlari uchun kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini o‘rgatish va sotish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning itlariga veterinariya sohasida pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyati huquqiy tartibga solindi.

  Shu bilan birga, yuridik va jismoniy shaxslarning itlari umumiy mashq kursi va himoya-qorovul xizmati talablari bo‘yicha shartnoma asosida tayyorlab beriladi hamda O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga xizmatga yaroqsiz itlar belgilangan tartibda sotiladi.

Milliy kinologiya markazida o‘rgatish uchun “Rus spaniyeli”, “Ingliz kokker spaniyeli”, “Amerika kokker spaniyeli”, “Velsh-terer”, “Yagdterer”, “Bigl”, “Foks-terer” “Nemis ovcharkasi”, “Belgiya ovcharkasi”, “Sharqiy Yevropa ovcharkasi”, “O‘rta Osiyo ovcharkasi”, “Kavkaz ovcharkasi”, “Labrador”, “Rotveyler”, “Kursxaar”, “Doberman” va “Rizenshnautser” it zotlari qabul qilinadi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati.