Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mirzo Ulug‘bek muzey majmuasiga rahbar tayinlandi

Samarqand viloyat hokimligi Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan Umarov Avazbek A’lam o‘g‘li 2019 yil 4 sentyabrdan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek muzey majmuasi rahbari etib tayinlandi.

27 yoshli Avazbek Umarov 2015 yilda Samarqand davlat chet tillar institutining tarjimonlik fakultetini bitirgan.

Shu paytgacha Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasida gid-ekskursovod vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.