Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Moskva yaqinida gaz portlashi sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Moskva yaqinidagi Stupino shahrida besh qavatli turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida olti kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi. 60 kishi evakuatsiya qilingan.

Binoning kirish joylaridan birining ikkita yuqori qavati butunlay vayron bo‘lgan, sakkizta xonadon shikastlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash uydagi gaz uskunasining nosozligi, gaz sizib chiqishi tufayli sodir bo‘lgan.

Xavfsizlik talabiga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.