Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Moskvada avgustdan buyon komada yotgan samarqandlik talaba haqida ma’lumot berildi

Avgustdan buyon Moskva shahridagi 67-shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida komada yotgan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi O‘lmasxon Baxronovning sog‘lig‘i holati to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur masala doimiy nazoratda ekanini ma’lum qildi.

Elchixona tomonidan bemorning ota-onasi, uni davolayotgan shifokorlar va tibbiyot muassasasi ma’muriyati bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda anesteziologiya, reanimatologiya va otorinolaringologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.