Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Moskvada mehnat migrantlari ishlayotgan bino tomi qulab tushgan, bir kishi halok bo‘lgan

Moskva shahridagi Brigadirsk ko‘chasidagi binolardan birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari vaqtida bino tomi qulab tushgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, ta’mirlash ishlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bo‘lgan.

Hodisa oqibatida bir nafar yurtdoshimiz E.N. halok bo‘lgan va bir nafar yurtdoshimiz M.X. hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda vafot etgan yurtdoshimizning jasadini Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.