Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MSK: OAVlarda berilgan saylov o‘tkazish sanasiga oid xabarlar noto‘g‘ri

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) mahalliy va xorijiy OAVda O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi sanasi ma’lum qilinganligi haqidagi xabarlarga raddiya berdi.

Qayd etilishicha, Saylov Kodeksining 36-moddasiga asosan Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga binoan e’lon qilinadi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish borasida ommaviy axborot vositalarini oldindan xabardor qiladi.

Barcha savollar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmatining (matbuot xizmati rahbari – Jahongir Nahanov) quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (71) 239-43-91, (71)239-15-72", - deyilgan raddiyada.