Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MTTlarning faol pedagog-tarbiyachilariga bayram kayfiyati ulashildi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

- Bugun viloyatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 7200 nafardan ortiq pedagog-xodimlar faoliyat yuritmoqda, - dedi viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonov. – Ularning malakasini oshirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash maqsadida Samarqand davlat universitetida maktabgacha ta’lim fakulteti ochilgani, mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslarining faoliyat yuritayotgani bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor namunasidir.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tizimida faollik ko‘rsatayotgan bir guruh pedagog-tarbiyachilar bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari tomonidan tayyorlangan bolalarni “Ilk qadam” dasturi asosida rivojlantirishga doir ko‘rgazmasi hamda bolajonlarning konsert dasturlari namoyish etildi.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.