Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mualliflik haqidan qancha soliq to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 395-moddasiga muvofiq, ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.

🔹 Ushbu moddaga muvofiq, daromadlariga soliq solinadigan soliq to‘lovchilar soliqni soliq organining yozma xabarnomasi asosida to‘laydi.

🔹 Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq to‘lovchi daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

❗️ Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:

👉 ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur materiallar sotib olishga doir xarajatlar;

👉 faqat ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.

Umid ALIMOV,
viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi.